Lokomotiv oliy ligadagi 100-g'alabasini qo'lga kiritdi

Narzulla Saydullayev
28 apr 2014, 19:52
Oliy Liga oltinchi tur doirasidan o'rin olgan Lokomotiv – Andijon uchrashuvi Toshkent jamoasining yirik hisobdagi g'alabasi bilan yakun topdi.
Uchrashuvning har ikki bo'limida Ivan Nagaev hamda Farhod Tojievlar bittadan gol kiritib, yakuniy hisob 4:0 ko'rinish olishini taminlab berdi.

E'tiborli jihati, ushbu g'alaba Lokomotivning oliy liga tarixidagi yubiley – 100-g'alabasi edi.

O'yinda yana bir e'tiborga molik voqelik sodir bo'ldi. Jamoasining uchinchi golini kiritgan Ivan Nagaev klubning oliy ligadagi 350-goliga ham muallif sifatida Lokomotiv futbol klubi tarixiga kirdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz