"Lokomotiv" - "Obod" uchrashuvida antirekord qayd etildi

Narzulla Saydullayev
25 sen 2016
Kuni kecha oliy liganing 23-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Obod" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yinni tomosha qilish uchun PFL sayti bergan ma'lumotga ko'ra "Lokomotiv" stadioniga 355 nafar tomoshabin tashrif buyurgan. Bu natija 2016 yildagi eng yomon ko'rsatkich bo'ldi. Bunga qadar antirekord 21-turdan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Sho'rtan" uchrashuvida qayd etilgandi - 581 tomoshabin.

Eng ko'p tomoshabin esa 6-turdan o'rin olgan "Buxoro" - "Nasaf" o'yiniga kelgandi - 24104.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia