
Natijada oradan ikki daqiqa o'tib serbiyalik futbolchi o'z o'rnini Salim Mustafoevga bo'shatib berdi.
O'yindan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida "Lokomotiv" bosh murabbiy Vadim Abramovga Yanichich borasida savol berildi. Murabbiy esa o'z navbatida futbolchining holati qandayligi ertaga ma'lum bo'lishini aytdi. Bugun klub shifokori Oybek Umarov bilan bog'langanimizda, Yanichichning jarohati jiddiy emasligini o'rgandik. "Futbolchi to'p uchun kurashda bosh barmog'iga qattiq zarba qabul qilib oldi, - deydi Oybek Umarov. - Ammo hozir uning holati yaxshi va bugungi mashg'ulotda ishtirok etdi".