"Lokomotiv" Jamshid Iskanderovning transferini e'lon qildi

Mirjalol Normatov
4 yanv 2019
2018 yilgi O'zbekiston Superligasi chempioni "Lokomotiv" futbol klubi Jamshid Iskanderov bilan kelishuvga erishdi.

Bu haqda "Lokomotiv" matbuot xizmati xabar bermoqda.

O'zining yorqin o'yinlari orqali muxlislar e'tiboriga tushgan ajoyib yarim himoyachi 2019 yilgi mavsumda Osiyo chempionlar ligasi, O'zbekiston chempionati va O'zbekiston Kubogida "temiryo'lchilar" sharafini himoya qiladi.

Jamshid Iskanderov haqida ma'lumotlar:
2011 "Dinamo" (Samarqand) 2 o'yin, 123 daqiqa
2012-2018 "Paxtakor" (Toshkent) 156 o'yin, 10212 daqiqa, 20 gol


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: lokomotiv.uz