"Lokomotiv" futbolchilarini sovuqdan termobuyum va bo'rsiq yog'i bilan asrashadi

Aslanov Jasurbek
27 noya 2017, 10:40
"Lokomotiv" futbolchilari "SKA-Xabarovsk"ka qarshi Rossiya chempionatining 18-tur uchrashuviga maxsus termobuyumlarda chiqishadi va ularning yuziga isituvchi surtma va bo'rsiq yog'i suriladi.

Shunday yo'l bilan ular o'z futbolchilarini -12 darajali sovuqdan asrashmoqchi.

"Sovuq havo hukmronlik qiladigan Xabarovskdagi o'yin oldidan hammasini hisobga olishga urindik. Har bir futbolchi uchun forma ostidan kiyiladigan termobuyumlar tayyorlab qo'yildi. Formalarning barchasi ko'tarilgan yoqa bilan bo'ladi (sharflar ishlatish mumkin emas). O'yindan oldin bosh kiyimdan foydalanish haqida kelishib olinadi. Bundan tashqari, butsa ostiga termopatak tayyorlangan: harakatda ular qiziydi va butsa ichida oyoqni sirpantirmaydi. Massajchilar yuzni sovuqdan asrash uchun isituvchi surtma va bo'rsiq yog'i olishgan" - deyiladi "temiryo'lchilar" bayonotida.

Shu bilan birga, o'yin vaqtida zaxira futbolchilari kiyinish xonasida qolishi ko'rib chiqilmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com