“Lokomotiv” futbolchilari Mirko Yyelichichni tabriklashdi

Narzulla Saydullayev
16 may 2016, 15:09
Bugun “Lokomotiv” futbol klubi murabbiylar shtabida faoliyat olib borayotgan Mirko Yyelichich o'z tug'ilgan kunini nishonlamoqda. Avstraliyalik mutaxassis bugun 51 yoshni qarshi oldi.

Shu munosabat bilan “Lokomotiv” futbolchilari Ar Riyoddagi “Marriott” mehmonxonasida Yyelichichni tabriklashdi. Futbolchilar nomidan jamoa sardori Temur Kapadze so'z olib, murabbiyni tavallud ayyomi bilan tabrikladi hamda “Al Hilol” maydonidan ijobiy natija bilan qaytish unga eng katta sovg'a bo'lishini aytib o'tdi.

“Loko” futbolchilari shuningdek, mehmonxona sport zalida chigalyozdi mashqlarini o'tkazishdi. Jamoamiz a'zolari kechki payt mahalliy vaqt bilan soat 20:00da “Qirol Fahd” stadionida mashulot olib borishadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz