“Lokomotiv” futbolchilari “Dinamo” bilan o'yindan keyingi tiklanish mashg'ulotini o'tkazishdi FOTO + VIDEO

Narzulla Saydullayev
22 iyun 2017, 18:15
Xabaringiz bor, Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi milliy chempionatimiz 14-turida Samarqandning “Dinamo” jamoasini qabul qilib, 2:0 hisobida zafar quchdi.

Kecha “temiryo'lchilar” jamoasi a'zolari mazkur o'yindan keyingi tiklanish mashg'ulotini o'tkazishdi. Mashg'ulot avvalida murabbiylar shtabi “Dinamo”ga qarshi bahs xususida biroz to'xtalib o'tdi. So'ngra futbolchilar engil yugurib olishdi. Chigalyozdi mashqlari o'talgach esa, asosan kechagi uchrashuvda ishtirok etmagan futbolchilar to'p bilan muomala mashqlari bajarishga kirishishdi.

Takidlash joizki, Islom To'xtaxo'jaev hamon yakka tartibda shug'ullanishda davom etmoqda. U yolg'iz holda shifokor nazorati ostida mashg'ulot o'tdi.


TAS-IX emas


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz