"Lokomotiv" Buxoroda, jamoa ertaga "Buxoro" bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
21 okt 2016, 11:58
"Lokomotiv" futbolchilari bugun ertalab Toshkent - Buxoro aviareysi orqali Buxoro shahriga yetib kelishdi.

Jamoa ertaga mahalliy "Buxoro" jamoasiga qarshi Oliy liganing 26-tur uchrashuvini o'tkazadi.

Bugun har ikkala jamoa o'rinbosarlari ishtirokida Yoshlar ligasi bahsi bo'lib o'tadi va o'yin 15:00da boshlanadi. Ertaga bo'lib o'tadigan uchrashuv esa soat 17:00da start oladi. "Buxoro" va "Lokomotiv" jamoalari o'rtasidagi bahsni Ravshan Ermatov boshqarib boradi.   

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz