Lokomotiv BAA klubini juda yirik hisobda mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
25 fev 2014, 08:34
BAAda o'quv-mashg'ulot yig'inlari olib borayotgan Toshkentning Lokomotiv jamoasi 24 fevral kuni ilk nazorat o'yinini o'tkazdi.
Bu haqda Lokomotiv matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vadim Abramov qo'l ostidagi Lokomotiv BAA oliy divizioni autsayderlaridan biri – Dubayga qarshi uchrashuvda katta ustunlikka erishishdi va 7:0 hisobida g'alaba qozonishdi.

Lokomotiv uchrashuvni quyidagi tarkibda boshlagan edi: Nesterov, Mustafoev, Yo'ldoshev, To'xtaxo'jaev, Karpenko, Musaev, To'raev, Rahimov, Hasanov, Tojiev, Nagaev.

Vadim Abramov qo'l ostidagi Lokomotiv BAAdagi yig'inni 19 fevral kuni boshlagan. Mashg'ulotlar 2 martgacha davom etadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz