

Mazkur musobaqada Erkin Saidov boshqaruvidagi “Lokomotiv” futbol maktabining ikki yosh toifasidagi (2004 va 2006) tarbiyalanuvchilari ham ishtirok etib, yakunda “Loko-2006″ birinchi o'rinni, “Loko-2004″ esa uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi.
Kecha kechqurun futbolchilarimiz Istaybul – Toshkent aviareysi bilan poytaxtimizga qaytib kelishdi. Toshkent xalqaro aeroportida “temiryo'lchilar”ni ko'plab ota-onalar, klub xodimlari, shuningdek “Sport” telekanali jurnalistlari kutib olishdi. Chempion yoshlarimiz aeroportdayoq karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi. Ota-onalar futbol maktabimiz direktori Erkin Saidov, shuningdek murabbiylar Davron Dosunov hamda Sunnat Ro'zievga zarbof to'n kiydirishdi. Quyida “Loko” tarbiyalanuvchilarini kutib olish jarayonidan fotosuratlarni taqdim etamiz.
















