

Mashg'ulot odatga ko'ra chigalyozdi mashqlarni bajarish bilan boshlandi. Keyin esa to'p bilan ishlashga o'tildi. Darvozabonlarni Pyotr Gizimchuk shug'ullantirgan bo'lsa, futbolchilar bilan Andrey Miklyaev va Mirko Yyelichich ishlashdi.

Bugungi mashg'ulotga Lokomotivning yangi futbolchisi Jaloliddin Masharipov ham kelib qo'shildi. Jamoamizning yangi vakilini barcha iliq qarshi oldi. Masharipov Antaliyaga bugun yetib kelgani bois dam alohida, dam butun jamoa bilan shug'ullandi. Unga murabbiylar shunday ko'rsatma berishdi.

Bugun yonimizdagi maydonda Krilya Sovetov (Rossiya) va Jeleznichar (Bosniya va Gertsegovina) klublari o'zaro o'rtoqlik o'yini o'tkazishdi. Bunda 0:0 hisobi qayd etildi. Jeleznichar tarkibida o'zbek futbol muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan Darko Markovich bilan Samir Bekrich harakat qilishdi. Ular o'zbekistonlik ishqibozlarga qizg'in salom yo'llashdi.

Aytib o'tganimizdek, Lokomotiv ertaga Antaliya yig'ini doirasida o'zining birinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Raqibimiz - Turkmanistonning Oltin Asr klubi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 17:30 (Toshkent vaqti bilan 19:30)da boshlanadi.



















