"Lokomotiv" "Al Vahda" bilan o'yin oldidan rasmiy mashg'ulot o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
11 fev 2018, 17:19
Ertaga O'zbekistonning ikki karra chempioni - "Lokomotiv" Osiyo Chempionlar Ligasi-2018 guruh bosqichi ilk tur uchrashuvlari doirasida BAAning "Al Vahda" klubiga qarshi bahs yuritadi.

Bugun har ikki jamoa ham o'yin o'tadigan "Lokomotiv" stadionida o'yinoldi rasmiy mashg'ulotini o'tkazishdi. Dastlab soat 14:45dan boshlab "temiryo'lchilar" shug'ullanishdi. Mashg'ulotning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o'tdi.

Ta'kidlab o'tamiz, "Lokomotiv" - "Al Vahda" o'yini ertaga "Lokomotiv" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuvning boshlanish vaqti - 16:00.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz