"Lokomotiv" - "Al Ayn". Uchrashuvni singapurlik hakam boshqaradi

Narzulla Saydullayev
8 sen 2016, 15:50
OCHL chorak finali doirasidagi "Lokomotiv" - "Al Ayn" uchrashuviga singapurlik hakamlar tayinlandi.

Uchrashuvni singapurlik Muhammad Taqi boshqarib boradigan bo'ldi.

Ushbu hakam 1986 yilda tug'ilgan va 2012 yildan buyon xalqaro o'yinlarni boshqarib kelmoqda. 

"Lokomotiv" (O'zbekiston) - "Al Ayn" (BAA)
13 sentyabr 2016. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 19:00 (Toshkent vaqti)
Bosh hakam:
Muhammad Taqi (Singapur)
Qanot hakamlari: Jeffri Goh, Ronnie Koh Min Kiat (ikkisi Singapur)
Zaxira hakami: Yansen Fu (Singapur)
Komissar: Munem Fakxouri (Iordaniya)


Eslatib o'tamiz, bu jamoalar o'rtasidagi birinchi o'yinda hisob ochilmagan edi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia