

"Lokomotiv" murabbiylar shtabi o'zaro kelishgan holda 22 yanvar (juma) kuni bo'ladigan mashg'ulotni OAV xodimlari uchun ochiq o'tkazishga qaror qilishdi.
Shu kuni TTYMI stadionida soat 11:15da boshlanadigan mashg'ulotni OAV vakillari maydonda kuzatish imkoniga ega bo'ladilar.
Portugaliyalik murabbiy Mikael Sekeyra qo'l ostida "Loko" ishtirokidagi mashg'ulotni kuzatishni xohlovchi jurnalist va fotosuratchilarni 22 yanvar kuni stadionda kutib qolamiz", - deb yozadi "Lokomotiv" matbuot xizmati.



