LLF SUPER LIGAda peshqadam o'zgardi

Xayrulla Xoliqov
9 noya 2022
Havaskor futzalchilar o'rtasida o'tkazilayotgan LLF SUPER LIGA musobaqasining 6-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Dastlab natijalarni keltirib o'tsak:


Qatorasiga 5ta o'yindan beri birinchi o'rinda kelgan VOSTOK bu tur PHOENIX jamoasiga imkoniyatni boy berdi. Natijada ketma-ket 6-g'alabasini nishonlagan UZPSB jadvalning birinchi pog'onasiga ko'tarilib oldi. Jadvalning 3-pog'onasida DHL 12 ochko bilan bormoqda.

Ma'lumot uchun, ushbu musobaqada 12ta jamoa ishtirok etmoqda va tur o'yinlari haftaning yakshanba kuni bo'lib o'tyapti. Musobaqani o'tkazishdan maqsad - havaskor sportchilarga bo'lgan e'tiborni oshirish hamda aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish.


6-tur ramziy terma jamoasi. Darvozabon - Rustam Shamsimuxametov (PHOENIX). Futzalchilar - Sanjar Auxatov (Suzane), Karen Avakyan (PHOENIX), Jamshid Rasulov (TTG), Shomaqsud Shobahromov (DHL). Tur murabbiyi - Shuhrat Tojiboev (DHL). 


To'purarlar ro'yxati:

12 gol - G'ayrat Ismoilov (UZPSB).

11 gol - Azamat Boymatov (VOSTOK), Diyor Murotov (GOV.RUK).


Eng yaxshi assistentlar:

7 - Soyibjon Safarov (UZPSB), Diyor Murotov (GOV.RUK).

6 - Shuhrat Ahmedov (UZPSB).

5 - Nodir Isroilov (DHL), Maqsud Fayzullaev (DHL), Odilxon Sadriddinov (ISTIQLOL), Sirojiddin Shokirov (TTG), Ahmadjon Jalolov (TTG), Jamshid Isaev (PHOENIX).


Navbatdagi tur 13 noyabr kuni bo'lib o'tadi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia