Liverpulning yangi ustozi Salohning kelajagi borasida bir qarorga keldi

Khoja
29 apr 2024, 09:11
Yozda Liverpulni qabul qilib oladigan Arne Slot Muhammad Salohning jamoadagi kelajagi borasida bir qarorga keldi.

Ma'lumotlarga qaraganda, niderlandiyalik mutaxassis misrlik yulduz bilan ishlashga tayyor va uni yozda jamoada olib qolmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Saloh Liverpul safida 2017 yildan beri harakat qilib keladi. U joriy mavsumda 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 24 ta gol va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com