“Liverpul”ning g'alabali seriyasiga chek qo'yildi
Eldor Akmurzayev
20 okt 2019, 22:35
Biroz oldin, APLning 9-turidan o'rin olgan MYU – “Liverpul” o'rtasidagi bellashuv o'z yakuniga etdi.
Bahsda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi.
Shu tariqa, mersisaydliklarning 17 o'yinlik g'alabali seriyasiga yakun yasaldi va “Manchester Siti”ning rekordi (ketma-ket 18 g'alaba) takrorlanmaydigan bo'ldi.
Qo'shimcha qilish joizki, Yurgen Klopp bu safar ham “qizil iblislar” maydonida zafar qucha olmadi. Avvalgi 4ta bahsning 3tasida durang va birida manchesterliklar muvaffaqiyat qozonishgan.