“Liverpul”ning braziliyalik legioneri: “Mbappe “Oltin to'p”ni Neymardan oldin qo'lga kiritadi”

Eldor Akmurzayev
12 yanv 2020, 19:35
“Liverpul” yarim himoyachisi Fabino PSJ hujumchilari Neymar hamda Kilian Mbappe haqida o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Mbappe “Oltin to'p”ni Neymardan oldinroq oladi. Mbappeni “Liverpul”da ko'rishni xohlardim. Sadio Mane ham “Oltin to'p”ga haqli. U jamoamizning eng yaxshi futbolchisi. Ha, “Liverpul” APLda chempion bo'ladi. Jahonda eng zo'rimiz. Klopp esa dunyoning eng yaxshi murabbiyi. Mavsumni mag'lubiyatsiz o'tkazish? Yutqazish rejamizda yo'q”, – deydi braziliyalik xavbek. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Goal