"Liverpul"ning 70 mlnlik transferi borasidagi xabar rad etildi. Klubning asosiy maqsadi Saloh bilan yangi bitim imzolash

Narzulla Saydullayev
7 yanv 2022, 01:10
"Liverpul" Muhammad Salohni klubda olib qolmoqchi.

Bugun "Liverpul" klubi 71.4 mln evro evaziga "Portu" yarim himoyachisi Luis Dias Marulandani sotib olishi borasida xabarlar tarqalgandi.

Taniqli insayder va jurnalist Fabricio Romano ushbu xabarlarni rad etdi. Romanoning so'zlariga ko'ra, "Liverpul" Luis Dias borasida "Portu"ga hech qanday taklif bilan chiqmagan. Ammo, jamoa o'z skautlarini bir necha marta o'yinchini baholash uchun jo'natgan. 

Shuni qayd etish joizki, hozirda "Liverpul" klubining asosiy maqsadi jamoa yetakchisi Muhammad Saloh bilan yangi bitim imzolash bo'lib turibdi. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano