“Liverpul”ning 25-g'alabasi, “Ayaks”ning kubok finalidagi mag'lubiyati (FOTO)

Narzulla Saydullayev
21 apr 2014, 10:53
Yakshanba oqshomida Yevropa yashil maydonlarida katta futbol bayrami davom etdi.
Angliya Premer-ligasida “Liverpul” klubi o'zining 25-g'alabasini nishonladi va chempionlik sari yana bir qadam tashladi. Ushbu turda mavsum omadsizi “Manchester Yunayted” safarda Devid Moyesning sobiq jamoasi “Everton”ga 0:2 hisobida yutqazib qo'ydi.

Gollandiya Kubogining hal qiluvchi final uchrashuvida chempionlik sari yaqinlashib kelayotgan Amstyerdammning “Ayaks” klubi kutilmagan mag'lubiyatini qarshi oldi. Shu va yakshanbaning boshqa muhim voqeyliklarini suratlar orqali bayon qilamiz.

Luis Suares "Liverpul"ning "Norvich" darvozasiga kiritilgan 3 ta (3:2) golidan biriga shu tarzda mualliflik qildi 

"Liverpul" darvozaboni Simon Minole to'p uchun kurashda raqibga imkoniyat bermayapti

"Liverpul" a'zosi Raxim Sterlin dublga erishdi va Suaresning goliga hammualliflik qildi

"Arsenal" yarim himoyachisi Aaron Remzi "Xall"ga qarshi o'yinda (3:0) hisobni shu hujumdan so'ng ochdi

"Arsenal" hujumchisi Lukas Podolski "Xall" bilan o'yinda (3:0) dublga erishdi

Fil Jonsning qo'l bilan to'pni qaytarishi "Manchester Yunayted" darvozasiga penalti belgilanishiga sabab bo'ldi

 

"Everton" yarim himoyachisi Kevin Mirals "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda (2:0) yakuniy xisobni o'rnatdi

"Everton" muxlisining "MYU" hujumchisi Ueyn Runiga etarlicha savollari bor

 

"Everton"ning g'alabalarida bosh murabbiy Roberto Martinesning xissasi katta

"Monako" hujumchisi Dimitar Berbatovning "Nicca" darvozasiga kiritgan "parashyut" usulidagi super goli

"Bayer" himoyachisi Emir Spaxich "Nyurnberg" darvozasiga 2 ta (4:1) to'p kiritdi

 

"Shtutgart" hujumchisi Kakau "Shalke" darvozasiga g'alaba (3:1) to'pini kiritmoqda

"Ayaks" fanatlari Gollandiya Kubogining finalida fayer-shou uyushtirishdi. "Ayaks" - "Zvolle" – 1:5

"Zvolle" futbolchilari Gollandiya Kubogi finalidagi "Ayaks" ustidan qozonilgan tarixiy g'alabani tantana qilishyapti

"Loren" hujumchisi Vensan Abubakar "Monpele"ga qarshi o'yinda jamoasini muqarrar mag'lubiyatdan qutqarib qoldi - 4:4

"Benfika" klubi "Olyanense"ni mag'lub (2:0) etdi va Portugaliya chempioni bo'ldi

"Barselona" o'z uyida "Atletik" klubiga imkoniyatni boy bera turib, yakunda Leo Messining goli evaziga g'alaba (2:1) qozondi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com