

Jamoa ustozi Yurgen Klopp Palinyani tarkibning yarim himoyadagi imkoniyatlarini oshirish uchun jamoaga jalb qilmoqchi. "Qizillar" ushbu nuqtada biror o'zgarish qilish uchun yanvar oyida transfer bozoriga kirishi kutilmayapti. O'tgan yozda APLga ko'chib o'tgan portugaliyalik futbolchi o'z harakatlari bilan ko'pchilikni hayratga soldi. U 20 mln evroga xarid qilingan edi va hozirda bu kelishuv ancha muvaffaqiyatli bo'lgani ko'rinib qoldi. Palinyaga "Liverpul"dan tashqari "Tottenxem"dan ham jiddiy qiziqish bo'lmoqda.
"Qizillar"ning 27 yoshli futbolchiga bo'lgan qiziqishi ushbu mavsum oxirida "Borussiya" Dortmundni tark etishi aniq bo'lib qolgan Jud Bellingemga muqobil variant bo'la olishi aniqlashtirilishi kerak bo'ladi.



