"Liverpul" yana bir chopqir futbolchi bilan kelishib oldi

Tolibjon Qosimov
15 yanv 2018, 19:36
Lissabonning "Sporting" klubi hujumkor yarim himoyachisi Jelson Martinsh "Liverpul"ga o'tishga tayyor.

Bu haqda "Correio da Manha" xabar berdi. Manbaning keltirishicha, futbolchi mersisaydliklar bilan haftalik 80 ming funtga mo'ljallangan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Endi Tumanli albion klubi portugaliyaliklar bilan transfer borasida kelishuvga erishishlari lozim. "Sporting" futbolchini 60 million evrodan kamiga sotmoqchi emas.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Correio da Manha