"Liverpul" va "Tottenxem" Vlaxovichga qiziqmoqda

Alisher
16 iyul 2021, 10:38
"Fiorentina" forvardi Dushan Vlaxovich faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

21 yoshli serbiyalik futbolchi uchun "Liverpul" va "Tottenxem" klublari da'vogarlik qilmoqda.

Shu bilan birga italiyaliklar o'yinchini sotmoqchi emas va u bilan shartnomani uzaytirishni xohlamoqda.

Vlaxovich 2020/21 yilgi mavsum "Fiorentina" tarkibida 40ta o'yinda maydonga tushib, 21ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato