"Liverpul" va "Milan" "Real" tarbiyalanuvchisining transferiga qiziqish bildirmoqda

Alisher
19 mar 2025
"Real" va Ispaniya terma jamoasining 22 yoshli markaziy himoyachisi Raul Asensio Angliyaning "Liverpul" va Italiyaning "Milan" klublari e'tiboriga tushdi.

Ispaniyalik futbolchiga qiziqayotgan har ikki klub Asensioning madridliklar bilan shartnomani uzaytirmasligiga va ularning takliflarini eshitishga rozi bo'lishiga umid qilmoqda.

Himoyachi joriy mavsum barcha musobaqalarda 40 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan. Transfermarkt futbolchini 7,5 mln evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: El Chiringuito