"Liverpul" va "Bavariya" "Zalcburg" forvardiga da'vogarlik qilmoqda

Aslanov Jasurbek
4 okt 2021, 21:37
"Zalcburg"hujumchisi Karim Adeyemi faoliyatini Yevropaning top-klubida davom ettirishi mumkin.

19 yoshli nemis futbolchisi "Liverpul" va "Bavariya" qiziqishlari doirasida. Ma'lum qilinishicha, har ikkala klub ham qishki transfer oynasidayoq forvard transferini amalga oshirishi mumkin.

"Zalcburg" o'z yetakchilaridan birini qo'yib yuborishga tayyor, biroq ayni paytda futbolchi uchun kamida 20 million evro ishlab olmoqchi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi.

Joriy mavsumda Adeyemi barcha turnirlarda 16 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail