Adeyemi "Yuventus" qiziqishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi

Omonjon To`xtamirzayev
6 avg 2024, 18:36
"Borussiya Dortmund" hujumchisi Karim Adeyemi "Yuventus"ga o'tishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

"Mening e'tiborim faqatgina "Borussiya"ga qaratilgan. Bu holat "Yuventus" haqidagi mish-mishlar tarqalishidan avval ham, keyin ham o'zgarmadi. Sababi mening bu yerdagi sayohatim yakuniga etgani yo'q.

Chempionlar Ligasi finalidan keyinoq aniq rejalarim bor edi. Men "Borussiya"da o'zimni juda yaxshi his qilyapman va muxlislar, murabbiylar, rahbariyat, klub hamda jamoadoshlarimning menga ishonishini sezib yashayapman. Men uchun hech narsa o'zgarmadi".

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: corrieredellosport.it