Karim Adeyemi "Napoli"ni rad etdi

Alisher
2 fev 2025, 13:48
Dortmundning "Borussiya" klubi forvardi Karim Adeyemi faoliyatini "Napoli"da davom ettirishni rad etdi.

A Seriya yetakchilari 23 yoshli futbolchiga faol tarzda qiziqishdi va qishki transfer oynasi so'nggiga qadar u bilan shartnoma tuzishmoqchi edi, ammo "Napoli" endilikda boshqa variantlarga e'tibor qaratishiga to'g'ri keladi.

Adeyemi "Borussiya"da mavsumni tugatib qo'ymoqchi va Angliya Premer-ligasi klublaridan taklif kutadi.

Transfermarkt o'yinchini 35 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Bild