"Liverpul" Uolkottni Sterlingning o'rniga olmoqchi

Narzulla Saydullayev
22 mar 2015, 16:29
"Liverpul" "Arsenal" yarim himoyachisi Teo Uolkottni jamoani tark etishi kutilayotgan Rahim Sterlingning o'rniga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
26 yoshli Uolkottning "kanonirlar" bilan shartnomasi keyingi yozda tugaydi. "Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger Teo bilan kelishuvni uzaytirish juda qiyin bo'lishini aytgandi.

Uolkott so'nggi paytlarda deyarli maydonga tushmayapti. Murabbiy qanotda Danni Uelbek yoki Aleksis Sanchesdan foydalanmoqda.

20 yoshli Sterling hamon "Liverpul" bilan 2017 yilda tugaydigan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmayapti. Rahimga "Real", "Manchester Siti", "Bavariya" va "Chelsi" klublari qiziqishmoqda, mersisaydliklar qobiliyatli futbolchining o'rniga boshqa futbolchini olib kelishmoqchi.

The Telegraph nashrining xabariga ko'ra "qizillar" e'tiborni Uolkottga qaratishdi, u kerakli vaqtda qanotda ham, hujumda ham o'ynay oladi.

Klub bosh murabbiyi Brendan Rojers Uolkottning muxlisi hisoblanadi. 2013 yilda "Liverpul" Teoni sotib olmoqchi bo'lgandi. Ammo o'shanda futbolchi "Arsenal" bilan shartnomani uzaytirishga qaror qilgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.ru