"Liverpul" to'xtamoqchi emas. Klub Fransiya chempionatidan vinger sotib olmoqchi

Administrator
22 iyul 2025, 22:59
"Liverpul" Malik Fofanni sotib olishga qiziqish bildirmoqda.

Jurnalist Sasha Tavolerining xabar berishicha, Federiko Kezaning savdosi yakunlangach, "Liverpul" "Lion"ning qanot hujumchisini transfer qilish bo'yicha faol harakatlarga o'tishi kutilmoqda. Klub amalga oshirilgan transferlar bilan qanoatlanmoqchi emas.

"Liverpul"ning skautlik bo'limi Fofanni yuqori baholamoqda.

Belgiyalik futbolchiga "Bavariya" ham qiziqish bildirmoqda va uni Luis Diasga muqobil variant sifatida ko'rmoqda. "Chelsi" va MYU ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda.

Fofana endigina 20 yoshda. Futbolchining Transfermarkt portalidagi tahminiy narxi 30 mln evroni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: https://x.com/sachatavolieri