

"Daily Mail" xabariga ko'ra, "Liverpul" sport direktori Richard Xyuz Muhammad Salohning manfaatlarini himoya qiluvchi agent Rami Abbas bilan shaxsiy muzokaralar o'tkazadi.
15-tur uchrashuvidan so'ng futbolchi intervyu berib, Slot bilan munosabatlari yomonlashganini ma'lum qilgan va o'yin amaliyoti yetishmayotganidan taajjubda ekanini bildirgan edi.
Ayni paytda 33 yoshli hujumchi Afrika Kubogida Misr terma jamoasi ixtiyorida. U birinchi turda Zimbabve darvozasiga g'alaba to'pini kiritdi.
Saudiya Arabistoni ligasi bosh direktori Omar Mugarbel avvalroq vingerning mahalliy liga klublaridan biriga o'tishidan manfaatdor ekanini bildirgandi.



