"Liverpul" sobiq himoyachisi Lovren Salohning yonini oldi

Sherzod Nurmatov
9 dek 2025
PAOK himoyachisi Deyan Lovren ijtimoiy tarmoqlarda "Liverpul"da o'ynaydigan do'sti Muhammad Salohni qo'llab-quvvatladi.

Ikki futbolchi ilgari "qizillar" safida birga o'ynagan. Saloh "qizillar" bosh murabbiyi Arne Slotni tanqid qildi va o'zining jamoadagi mavqeidan noroziligini bildirgandi.

"Adolatsizlikka qarshi kurashishning yagona yo'li - bor kuch-g'ayratingiz bilan olishish", – deb yozgan Lovren.

Saloh ushbu mavsum "Liverpul" tarkibida 19 o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Hujumchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi.

Avvalroq Ronaldu bilan shov-shuvli intervyular uyushtirgan Pirs Morgan Salohni suhbatga taklif etgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Liverpool Echo