"Liverpul" Salohni qo'yib yubormoqchi emas

Aslanov Jasurbek
23 iyul 2021, 21:32
Angliyaning "Liverpul" klubi hujumchi Muhammad Saloh bilan shartnomasini uzaytirmoqchi. Ma'lum qilinishicha, yaqin vaqt ichida tomonlar yangi kelishuv bo'yicha muzokara olib boradi.

Salohning amaldagi shartnomasi 2023 yil iyunida tugaydi. Klub jamoa yetakchilaridan biri bo'lgan futbolchi bilan xayrlashishni istamaydi va unga qulay shartnoma taklif qilmoqchi.

Eslatib o'tamiz, Saloh 2017 yilda "Roma"dan "Liverpul"ga 42 million evro evaziga o'tgandi. O'tgan mavsumda misrlik hujumchi Premer-ligada 37 uchrashuv o'tkazib, 22 gol urgan hamda beshta golli uzatma amalga oshirgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Liverpool Echo