“Liverpul” qanot himoyachisi jamoani tark etayotganini tasdiqladi

Eldor Akmurzayev
25 iyun 2020, 20:05
Nataniel Klayn iyun oxirida jamoadan ketishi aniq bo'ldi.

29 yoshli fulbek erkin agentga aylanadi. Klayn 2015 yil “Sautgempton”dan Mersisayd shahri jamoasiga transfer qilingan. U klub libosida jami 104ta bahsda qatnashib, 2+5 natija ko'rsatdi.

Angliyalik futbolchiga APLning boshqa klublari hamda A Seriya jamoalari qiziqmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: liverpoolfc.com