Liverpul Obameyang uchun 40 million funt to'lashga tayyor

Aziz Tukhtamuradov
8 fev 2017, 23:05
"Borussiya D" futbolchisi Per-Emerik Obameyangga qiziqayotgan jamoalar soni ortib bormoqda.

Ma'lum bo'lishicha, yozda "Liverpul" gabonlik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga harakat qilib ko'radi. 

"Qizillar" bosh murabbiyi Yurgen Klopp o'z vaqtida "Borussiya"da futbolchi bilan birga ishlagan va uning imkoniyatlarini juda yaxshi biladi.

Mersisaydliklar Obameyang uchun 40 million funt to'lashga tayyorlar.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Mirror