"Liverpul" norvegiyalik vunderkind uchun kurashda favorit

Narzulla Saydullayev
5 dek 2014, 14:43
Jahon futbolining vunderkindi 15 yoshli Martin Edegor payshanba kuni "Liverpul" bazasida bo'ldi.
Edegor Yevropa chempionati saralashi doirasidagi o'yinda maydonga tushgan eng yosh futbolchi bo'ldi. Martin 15 yosh 300 kunligida Norvegiya termasi safida Bolgariyaga qarshi o'ynagandi.

Yevropaning bir qator klublari norvegiyalik bolakay uchun millionlab pul to'lashga tayyor. Da'vogarlar orasida "Real", "Bavariya", "Manchester Yunayted" va "Borussiya" kabi klublar bor.

17 dekabrda Edegor 16 yoshga to'ladi va ilk professional shartnomasini tuzishi mumkin. The Telegraph nashrining xabariga ko'ra, ayni paytda Martin uchun kurashda "Liverpul" favorit.

Martin va uning otasi anchadan buyon "Liverpul"ning ashaddiy ishqibozlari hisoblanadi, payshanba kuni Mersisayd klubi unga "Enfild" stadioni va baza bo'ylab maxsus ekskursiya o'tkazdi. Yaqin orada Edegor o'z kelajagi borasida yakuniy qaror chiqaradi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.ru