"Liverpul" nihoyat ishga kirishmoqda

Tolibjon Qosimov
14 avg 2024
Yozgi transfer oynasini jimlik bilan o'tkazayotgan "Liverpul" nihoyat yangi o'yinchi sotib olishi mumkin.

Mashhur insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, "Liverpul" gruziyalik darvozabon Georgi Mamardashvili bilan shaxsiy shartnoma shartlari borasida kelishib oldi. Ushbu kelishuv amalga oshgan taqdirda Georgi 1-2 mavsumni boshqa klubda ijarada o'tkazadi.

"Bornmut" klubi uni "qizillar"dan ijaraga olishga rozi. Keyin esa u "Liverpul"ga qaytadi va Alissondan keyingi asosiy darvozabonga aylanadi.

Ayni paytda agentlar Valensiya shahrida, lekin ikki jamoa hali o'zaro kelishgani yo'q.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano