

Klub bosh murabbiyi Yurgen Klopp belgiyalik posbon haqida iliq fikrlarni bildirib o'tdi va klub rahbariyati Minole bilan shartnomani uzaytirishga tayyor. Eslatib o'tamiz, 2013 yilda "Sanderlend"dan "Liverpul"ga ko'chib o'tgan darvozabon klub bilan 5 yillik shartnoma imzolagandi. U hozirda haftasiga 60 ming funt maosh oladi va rahbariyat uning maoshini ko'tarishni rejalashtirmoqda.



