"Liverpul" "Milan" futbolchisiga qiziqmoqda

Sherzod Nurmatov
26 okt 2022, 18:35
Mersisayd klubi kelasi yozda "Milan" yarim himoyachisi Sandro Tonalini sotib olishi mumkin.

22 yoshli Tonali 2021 yilda "Breshiya"dan Milan klubi safiga ko'chib o'tganidan buyon iliq taassurot qoldirdi va o'tgan mavsumda "rossoneri"ning A Seriya chempioni bo'lishida munosib hissa qo'shdi.

Italiyalik futbolchi Yevropaning eng yaxshi yosh yarim himoyachilaridan biri hisoblanadi. Yaqinda "qizillar" a'zosi Tiago Alkantara tomonidan uni "ilhomlantiruvchi" o'yinchilar qatorida sanab o'tilgan edi. 

Xabarlarga ko'ra, "Milan" yozda erkin agentga aylanadigan Nabi Keytani tarkibiga qo'shib olmoqchi, biroq ushbu kelishuv yanvar oyidayoq amalga oshishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Express