"Liverpul" Mbappe uchun kurashga qo'shildi

Alisher
16 avg 2021, 13:10
"Liverpul" "Real" bilan PSJ forvardi Kilian Mbappe uchun raqobat uyushtiradi.

Angliya klubi 22 yoshli fransiyalik futbolchi 2022 yilning yozida erkin agent bo'lganidan so'ng o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Mbappe PSJ bilan shartnomasini uzaytirmoqchi emas. Fransiya terma jamoasi forvardi uchun asosiy da'vogar "Real"dir va o'yinchining o'zi ham ispan klubi sharafini himoya qilmoqchi.

Mbappe o'tgan mavsum PSJ safida 47ta o'yinda maydonga tushib, 42ta gol va 11ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal