"Liverpul" ijaraga bergan darvozabon juda kulgili gol o'tkazib yubordi (video)

Aslanov Jasurbek
15 sen 2016, 13:45
"Liverpul" darvozaboni, joriy mavsum oldidan Chempionship ishtirokchisi "Uigan"ga ijaraga berilgan Adam Bogdan "Norvich"ga qarshi bahsda "qovun tushirdi".

Ushbu uchrashuv boshlanishidan 3 daqiqa o'tib Bogdan o'z darvozasiga gol olib keldi. To'pni erkin zarba bilan o'yinga kiritmoqchi bo'lgan Adam, uni qanotda turgan jamoadoshiga oshirdi. Himoyachi esa topni darvozabonga qaytardi. Bogdan zarba berish uchun to'pni biroz oldiroqqa tashladi va kutilmaganda raqib to'pni ilib ketdi va ...

TAS-IX


Ushbu bahs 2:1 hisobida "Norvich"ning g'alabasi bilan yakunlandi.

Videoni Telegramagi kanalimizdan ko'chirib olishingiz mumkin: TELEGRAM


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia