"Liverpul" Gyotceni xarid qilmoqchi

Aslanov Jasurbek
15 iyun 2018
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Mario Gyotce "Liverpul"ga o'tishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Lion" xavbeki Nabil Fekirni xarid qila olmagan ingliz klubi yana yangi futbolchi izlashni boshladi. "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp qo'l ostida ishlashga ulgurgan Gyotce nemis mutaxassis bilan yana birga ishlashga tayyorligini aytgan edi.

Futbolchiga "Arsenal", "Everton", "Vest Xem" qiziqish bildirmoqda.

Yakunlangan mavsumda 26 yoshli xavbek Dortmund klubi safida Bundesliganing 23ta uchrashuvida maydonga tushib, 2ta gol urdi va 3ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Liverpool Echo