"Liverpul" Gavini xarid qilish fikridan qaytdi

Sherzod Nurmatov
5 iyun 2022, 21:00
"Barselona" yarim himoyachisi Gavi "Liverpul"ga o'tmaydi.

Manbaga ko'ra, Angliya klubi futbolchining 50 million evro miqdordagi tovon pulini to'lashga shay edi, biroq u "Barselona"dan ketmoqchi emas. Shunday qilib, xavbek yaqin orada kataloniyaliklar bilan kelishuvini uzaytiradi.

17 yoshli Gavi o'tgan mavsumda "Barselona" uchun 46 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol urdi va 5 ta golda assist vazifasini bajardi. Uning klub bilan bitimi 2023 yilning yozigacha amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario Sport