"Liverpul" Gavi uchun 50 mln evro tovon pulini to'lashga tayyor. Xavbek "Barsa"da qolmoqchi

Alisher
28 may 2022, 16:04
"Liverpul" "Barselona" xavbeki Gavini xarid qilmoqchi.

Mersisaydliklar 17 yoshli Ispaniya terma jamoasi o'yinchisi uchun 50 mln evro miqdoridagi tovon pulini to'lashga va unga kattaroq maosh taklif qilishga tayyor.

Gavining o'zi Kataloniya klubida qolmoqchi, shu bilan birga uning atrofidagilar maosh oshishini xohlashmoqda.

Yarim himoyachining "Barselona" bilan shartnomasi 2023 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport.es