

Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi Xadzime Moriyasu yarim himoyachi Vataru Endo operaciya qilganini va bu mavsumda "Liverpul" safida maydonga tushmasligini ma'lum qildi.
Endo 11 fevral kuni "Sanderlend" ustidan 1:0 hisobidagi g'alabada oyog'ini jarohatlab olgan.
"Men u operaciya qilganini eshitdim. Hammasi yaxshi o'tganini eshitdim, lekin batafsil ma'lumotlarni bilmayman", - dedi Moriyasu Nikkah Sports nashriga.
"Uning rejasi - jahon chempionatiga tayyor bo'lish, shuning uchun endi operaciyadan keyingi reabilitaciya jarayoni ko'rib chiqilmoqda. U jahon chempionatida o'ynashi uchun o'zi, klub va biz hammamiz bir yoqadan bosh chiqarishimiz kerak", - deb qo'shimcha qildi Moriyasu.




