"Liverpul" futbolchisi "Milan"ga o'tishi mumkin

Alisher
12 iyun 2019, 10:19
Mersisaydliklar himoyachisi Deyan Lovren faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Janluka Di Marcioning so'zlariga qaraganda, "Milan" klubi uni o'z safiga qo'shib olishni xohlamoqda. Xorvatiyalik himoyachining "qizillar" bilan tuzgan shartnomasi yana 2 yil amal qiladi.

Lovren 2018/19 yilgi mavsum barcha turnirlarda 18ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assistga erishgan.

Futbolchi faoliyati davomida "Liverpul"dan tashqari Zagrebning "Dinamo", Zapreshichning "Inter", "Lion", "Sautgempton" jamoalarida to'p surgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com