"Liverpul" forvardi Ronaldinyoning tabassumiga ega bo'lishni va "Barselona"ning o'yinlarini tomosha qilganini yashirmadi

Eldor Akmurzayev
1 may 2019, 00:55
Liverpul hujumchisi Sadio Mane YCHLning yarim final Barselonaga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Ronaldinyo – mening eng yoqtirgan futbolchim. Uning o'yinlarini ko'rishdan zavqlanardim. Hozirgacha shunday. Qani endi uning tabassumi menda bo'lsa edi. Kamp Nou – ajoyib stadion. Yoshligimda Barselonaning o'yinlarini tomosha qilardim. Barchamiz futbolni yaxshi ko'ramiz. Ularning maydonida o'ynashimiz ajoyib holat. Bu bizga katta bosim va qo'shimcha motivaciya beradi”, – deydi Mane.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA.com