"Liverpul" Fillips va Uilyams bilan xayrlashishi mumkin. Nataniel uchun 15 mln funt atrofida xohlashmoqda

Alisher
6 yanv 2022, 18:14
Himoyachilar Neko Uilyams va Nataniel Fillips qishki transfer oynasida "Liverpul"dan ketishi mumkin.

Klub ularni qo'yib yuborishga tayyor. Uilyams Qatardagi JCH oldidan ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun "Liverpul"dan ketmoqchi.

Fillipsga Italiyadan qiziqish bor va "Liverpul" futbolchi bilan 15 mln funt atrofidagi mablag' evaziga xayrlashishga tayyor.

Uilyams va Fillipsning "qizillar" bilan tuzgan shartnomasi 2025 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports