“Liverpul” Evro-2016 chempionini o'z safiga qo'shib oladi

Aslanov Jasurbek
23 dek 2020, 09:31
Portugaliyalik futbolchi Mersisayd klubi a'zosiga aylanishga yaqin.

“Liverpul” “Lill” bilan yarim himoyachi Renatu Sanshesh transferi yuzasidan kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda TuttoMercatoWeb. 23 yoshli Sanshesh uchun “Liverpul” francuz klubiga 20 mln evro to'laydi. “Qizillar” Portugaliya terma jamoasi a'zosiga qishda jamoani tark etishi mumkin bo'lgan Jorjino Veynaldumga o'rinbosar sifatida qaramoqda. Veynaldum qishda “Inter” yoki “Barselona”ga o'tishi mumkin.

Sanshesh joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida 10 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: TuttoMercatoWeb