"Liverpul" "El Klasiko" vaqtida "Real"ning ikki nafar futbolchisini kuzatib boradi

Khoja
25 okt 2025, 08:55
"Liverpul" o'zlari qiziqayotgan madridliklar futbolchilarini kuzatib borish uchun "Real" - "Barselona" uchrashuvga skautlarini yuboradi.

Manbaga ko'ra, mersisaydliklar yarim himoyachilar Eduardo Kamavinga va Orelen Chuameniga qiziqish bildirishmoqda. "Qizillar" bu o'yinchilarni o'z poziciyalari bo'yicha dunyoning eng zo'r futbolchilaridan biri deb bilishadi va ular bilan tarkibda eng yuqori o'rinlar uchun kurashishlari mumkinligiga ishonishadi.

Kamavinga joriy mavsum "Real" safida 7 ta bahsda ishtirok etdi. Uning hisobida 1 ta gol bor. Orelen Chuameni esa joriy mavsum Madrid jamoasining asosiy futbolchisiga aylanib oldi va barcha musobaqalarda 12 ta bahsda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: skysport