

Mersisaydliklar Liga Kubogida titullari sonini 9 taga etkazib, bu borada rekordchiga aylandi. Eng yaqin taqibchi “Man Siti” hisobida 8 ta sovrin bo'lsa, ulardan keyingi o'rinda MYU, “Aston Villa” hamda “Chelsi” (5 tadan) bormoqda.
“Qizillar” 1981, 1982, 1983, 1984, 1995, 2001, 2003, 2012, 2022 yillardagi musobaqalarda zafar quchgan. 1978, 1987, 2005, 2016 yillari esa finalda mag'lub bo'lgan.



